Nahotki?! Gripp vaksinasiyasi COVID-19 tarqalishini kamaytiradi

Nahotki?! Gripp vaksinasiyasi COVID-19 tarqalishini kamaytiradi

Grippga qarshi emlanish koronavirusni yuqtirish hamda COVID-19 tarqalish xavfini kamaytiradi. XXR tibbiyot xodimlari ana shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi «Parlamentskaya gazeta».

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gripp bilan kasallangan odam koronavirusni ham yuqtirib olishi hech gap emas. Chunki u kasallanish ehtimoli yuqori bo‘lgan poliklinikaga borishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, grippga duchor bo‘lgan bemorlar bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladigan shifokorlar koronavirusga qarshi kurashishdan chalg‘ib qolishadi.

Natijada yangi virusning tarqalishiga qarshi yetarlicha chora ko‘rilmaydi. Va, nihoyat, bordi-yu, koronavirusga chalingan bemor gripp bilan ham kasallanib qoladigan bo‘lsa, hozirgi kunda ommalashgan dori-darmonlar va davolash usullari yordam bermasligi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!