Mo‘ynoqlik fuqaro o‘z miltig‘i bilan o‘zini otib qo‘ydi

Mo‘ynoqlik fuqaro o‘z miltig‘i bilan o‘zini otib qo‘ydi

Mo‘ynoq tumani Hokim ota OFY fuqarosi, 1979 yilda tug‘ilgan J.B. o‘ziga tegishli ov quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi rasmiylarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro TOZ markali ov quroli bilan Mo‘ynoq tumani Hokim ota OFY hududida ov qilib yurganida oyog‘i muzga sirpanib, yiqilgan paytida qo‘lidagi miltig‘i ehtiyotsizligi oqibatida otilib ketgan. Fuqaro J.B. ko‘krak qismining chap tomonidan tan jarohatini olib shifoxonaga tushgan.

Bu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolar o‘rtasida keng tushuntirish tadbirlari olib borilmoqda, shunga qaramasdan, qurol egalarining e’tiborsizliklari, ov qurollarini saqlash, olib yurish va foydalanish qoidalariga amal qilmasligi og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda, deyiladi xabarda. ​

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!