Mo‘jiza! Go‘dak sakkiz soat qabrda qolib ketib, omon qoldi

Mo‘jiza! Go‘dak sakkiz soat qabrda qolib ketib, omon qoldi

Braziliyada chaqaloq xato sabab o‘lgan deya, dafn etildi. U sakkiz soat qabrda qolib ketgan bo‘lsa ham omon qoldi.
 
Ikki polisiya xodimi yer tagidan go‘dakning yig‘lagan ovozini eshitib qolgan va qazishga tushgan. Yarim metr qazigach, ular chuqurlikda kichkina qizaloqni ko‘rishadi.
 
Polisiyachilar chaqaloq suyaklari singan deya, uni tezda shifoxonaga yetkazganlar. Shifokorlar uni intensiv jarrohlik bo‘limiga yotqizdila. Hozirda chaqaloqning ahvoli yaxshilanib bormoqda.
 
Polisiya tekshiruvlar o‘tkazib, chaqaloqning onasi 15 yoshli braziliyalik yosh qiz ekanini aniqlagan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, tug‘riq yuvinish xonasida boshlangan va boshi bilan vannaga yiqilgan.
 
Chaqaloq yig‘lamagach, 57 yoshli buvisi chaqaloqni o‘lgan deb hisoblagan. U go‘dakni an’analarga ko‘ra, matoga o‘rab, ko‘mishni maslahat bergan.
 
Polisiya boshlig‘i, sodir bo‘lgan voqeani mo‘jizaga tenglashtirmoqda.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!