Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga ikkita kvadrosikl topshirildi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga ikkita kvadrosikl topshirildi

24 aprel kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentiga ikkita kvadrosikl topshirildi.

Mazkur texnika vositalari Ekologiya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Orolbo‘yi landshaftida yer degradasiyasiga barqaror va neytral yondashuv asosi sifatida ko‘llar, suv-botqoq yerlari va qirg‘oq yo‘laklarini saqlash va barqaror boshqarish, barqaror turmush sharoitini qo‘llab-quvvatlash” qo‘shma loyihasi doirasida Global ekologik fond (GEF) tomonidan xarid qilingan.

Loyiha doirasida 2023–2026-yillarda umumiy maydoni 3 million gektardan ortiq beshta qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar: “Janubiy Ustyurt”, “Orolbo‘yi”, “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lari, “Sudoche-Akpekti” qo‘riqxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) atrofidagi samarali landshaftlarni, yer va suv resurslarini kompleks boshqarish, asosiy biologik xilma-xillikni ta’minlash bilan birgalikda tuproq degradasiyasining oldini olish orqali Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzalarida ekotizimlar barqarorligi va turmush sharoitini yaxshilashdan iborat.

Loyihaning ushbu bosqichi bioxilma-xillikka tahdid soluvchi bevosita omillarni bartaraf etishga, muhofaza etiladigan hududlar tizimini kengaytirish va mavjud muhofaza hududlarini boshqarish samaradorligini oshirishda manzilli yordam ko‘rsatish orqali global ahamiyatga ega bioxilma-xillik, yashash joylari va turlarini muhofaza qilishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq METH loyihasi doirasida Orolbo‘yining muhofaza etiladigan hududlarini boshqarish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan ikkita yo‘ltanlamas avtomobili, durbin, kameralar, GPS-navigatorlar va dala uskunalari topshirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!