Muborakda saksovul kesgan fuqaro jarima to‘ladi

Muborakda saksovul kesgan fuqaro jarima to‘ladi

Saksovul kesgan fuqaro 2 mln 230 ming so‘m jarima to‘ladi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha 2020 yilning yanvar oyida Muborak  tumani hududida ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishi holati yuzasidan tezkor ekologik reyd nazorat tadbiri o‘tkazilmoqda.

Nazorat tadbiri davomida 2020 yil 23 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muxitni muxofaza kilish boshkarmasining Muborak tumani inspektorlari Muborak tumani cho‘l xududidan fuqaro o‘zining avtomashinasida X.Razzaqov tomonidan noqonuniy ravishda saksovul butalarini olib kelib ketayotganligi vaqtida to‘htatildi va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Boshqarma matbuot xizmatining «Nasafnews»ga bergan xabariga ko‘ra, ushbu holat bilan O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri), Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” qarori talablari buzilib, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79 – modda 2-qismi bilan 2 mln 230 ming so‘m jarima miqdori hisoblandi va X.Razzaqov jarima miqdorini to‘lab berdi.

Manba: Nnews. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!