Moskvadagi janjalda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar shaxsiga aniqlik kiritildi

Moskvadagi janjalda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar shaxsiga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriligi o‘zbekistonliklar ishtirokida Moskvada yuz bergan janjalda halok bo‘lganlar haqida ma’lumot bergan edi.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi Konsullik bo‘limi joriy yilning 17 fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi hodisada vafot etganlar ism-shariflariga aniqlik kiritdi:

1. Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989 yil 29 oktyabrda tug‘ilgan;

2. Jamoliddinov Ziyodulla Ruziboy o‘g‘li, 1992 yil 11 mayda tug‘ilgan.

Ziyodulla Jamoliddinovning jasadi hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan noma’lum shaxs deya yetkazilgan edi.

1987 yil 24 oktyabr kuni tug‘ilgan fuqaro Nusratov Otabek (24.10.1987y. da tug‘ilgan) jarohati tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!