Moliyaviy piramida tashkil qilgan tadbirkor qamaldi

Moliyaviy piramida tashkil qilgan tadbirkor qamaldi

3 yanvar kuni Aktobeda moliyaviy piramida tashkil qilib, uni boshqarganlikda ayblangan mahalliy tadbirkor Quanish Jaqsibayev ustidan hukm chiqarildi. U aybdor deb topilgan va olti yarim yil muddatga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilindi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, u 2016-2017 yillarda APPORT mobil ilovasini tashkil qilgan va katta daromad va’da qilgan holda aktobeliklarga uning aksiyadorlari bo‘lish taklifini bergan. Loyihaga qirq mingga yaqin kishi mablag‘ berdi. Sud press-relizida ta’kidlanishicha, Jaqsibayev 167 million tengedan ko‘proq pul to‘plagan va bu pulning katta qismini o‘zlashtirib yuborgan.
Jaqsibayev ustidan hukm o‘qilganidan so‘ng, sudlanuvchini qo‘llab-quvvatlovchi o‘nlab omonatchilar sud zalida sud ijrochilari bilan janjallashib ketdi, ular stol va stullarni uloqtirdi. Hodisa joyiga bir nechta polisiya naryadi keldi va g‘azablangan odamlarni ushlay boshladi.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!