Milliy gvardiya elektr o‘chganidan foydalangan jinoyatchini qo‘lga oldi

Milliy gvardiya elektr o‘chganidan foydalangan jinoyatchini qo‘lga oldi

Joriy yilning 08 aprel kunidan 09 aprel kuniga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani markazida ob-havo sababli texnik nosozlik yuzaga kelib, tuman vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.

Vaziyatdan kelib chiqib ushbu hududda xushyorlikni oshirgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari qo‘riqlovdagi ob’ektlarning nazoratini yanada kuchaytirganlar.

Yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan tezkor guruh xodimlari tongi soat 04:00 lar chamasi  qo‘riqlovda bo‘lgan Chiroqchi tuman Mustaqillik ko‘chasida joylashgan «MEGAGOLD-TECH» MCHJga qarashli kanstovar do‘koni kirish eshigining qulfi buzish yo‘li bilan ochilganligini aniqlaganlar. G‘ayriqonuniy ravishda magazinga kirib o‘g‘irlik qilgan noma’lum shaxs do‘kondan chiqib ketmoqchi bo‘lib turgan bir paytda voqea joyida ashyoviy dalillar (2 100 000 so‘m va SAMSUNG A-10 rusumli uyali telefon apparati) bilan qo‘lga olingan. Ushlangan shaxs Chiroqchi tuman ichki ishlar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!