Messi faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy nomini aytdi

Messi faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy nomini aytdi

Pep Gvardiola "Barselona"ni tark etib, "Bavariya"ga, keyin esa "Manchester Siti"ga o‘tganiga o‘n yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi, biroq Lionel Messi hamon uni faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy deb biladi. U buni Xorxe Valdano bilan birgalikda intervyusida tan oldi:

"Biz erishgan barcha narsalarga tashqaridan qaraganimda, nafasim qisiladi. Gvardiolani o‘zgacha murabbiy desam, gaplarimga shubha qilmayman. Ehtimol, faoliyatimdagi eng yaxshisi", - dedi Lionel Messi.

Messi 2008 yildan 2013 yilgacha Gvardiola qo‘l ostida o‘ynagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!