Markaziy bank qoshida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi

Markaziy bank qoshida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi

Bu haqda AOKAdagi brifingda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bekzod Hamroyev ma’lum qildi:

 «2020 yilda 127 trln so‘m kredit ajratilgan. Joriy yilda bank kreditlari sifatini oshirish vazifasi belgilandi.

Iqtisodiyotda bizda dollarlashuv darajasi yuqori, qariyb 50% atrofida. 2021 yilda kreditlar bo‘yicha dollarlashuv 45% ga tushirish vazifasi qo‘yildi.

2021 yilda valyuta bozorida yangicha onlayn platforma joriy qilish, tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun banklarda valyuta oldi-sotdisini osonlashtirish rejalashtirilmoqda.

Markaziy bank qoshida moliya sohasidagi Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!