Maradonaning farzandlari sudga arz qilishdi

Maradonaning farzandlari sudga arz qilishdi

Argentinada tug‘ilgan mashhur sportchi Diyego Maradonaning merosxo‘rlari 1986 yilgi jahon chempionatida futbolchiga berilgan “Oltin to‘p” kimoshdi savdosiga chiqarilishiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi.

Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin to‘p” mukofoti sirli tarzda g‘oyib bo‘ldi. O‘nlab yillar davomida topilmagan mukofot yaqinda paydo bo‘ldi va hatto 6 iyun kuni Parijda kimoshdi savdosiga qo‘yilishi e’lon qilindi.

Marhum Maradonaning merosxo‘rlari hozirgi egasi kubokni sotishga haqqi yo‘qligini ta’kidlamoqda. Mashhur futbolchining ikki qizi himoyachisi bo‘lgan advokat Jilles Moriyer Nanter sudi raisidan “Oltin to‘p”ni auksiondan olib tashlashni so‘rashini aytdi. Sovrin o‘g‘irlangani bo‘yicha shikoyat qilishini ham aytdi.

Taxminlarga ko‘ra, bu sovrin qarzni to‘lash uchun sotilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa bir taxminga ko‘ra, Neapol banklaridan birining seyfida saqlanayotgan sovrin mahalliy jinoiy guruhlar tomonidan o‘g‘irlangan.

Maradonaning qizlari kubok o‘g‘irlanganini yaqinda bilganliklarini aytishmoqda. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining oilasi “Oltin to‘p”ni o‘ziniki deb hisoblagani uchun uning sotilishiga qarshi.

Aguttes auksion uyi rahbariyatiga ko‘ra, sovrin egasi uning o‘g‘irlanganini bilmagan.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, agar sovrin kim oshdi savdosida sotilsa, o‘ziga xosligi tufayli unga katta miqdorda pul tushadi. Biroq bu ish bo‘yicha sud qanday qaror qabul qilishi hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgan edi. FIFA rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, argentinalik futbolchi XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Siz qaysi domendagi internet magazinlaridan ko‘proq foydalanasiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!