“Manchester Yunayted” omadsiz murabbiyni olib kelmoqchi

“Manchester Yunayted” omadsiz murabbiyni olib kelmoqchi

“Manchester Yunayted” rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rniga boshqa mutaxassis qidiryapti.

Niderlandiyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa barqaror o‘yin namoyish qila olmayapti. Shu bois, klub jamoani boshqa ustozga topshirmoqchi.

Jurnalist va insayder Georg Xolsnerning ma’lum qilishicha, manchesterliklar jamoani boshqarish taklifi bilan “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxelga murojaat qilgan.

Myunxen superklubi germaniyalik murabbiy qo‘l ostida Bundesliga chempionligini qo‘ldan chiqardi. Tuxelning omadsizligi shundaki, “Bavariya” 2013 yildan beri uzluksiz davom etib kelayotgan chempionlikdan aynan uning davrida ayrildi.

Bu gal Xabi Alonso ustozlik qilayotgan “Bayer” Bundesliga bosh sovrinini muddatidan oldin o‘ziniki qildi.

Tuxel mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etadi. “Bavariya” ham jamoaga yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!