Malida jangarilar avtobusni o‘qqa tutdi. 31 kishi o‘lgani aytilmoqda

Malida jangarilar avtobusni o‘qqa tutdi. 31 kishi o‘lgani aytilmoqda

Malida qurollangan shaxslar odamlarni mahalliy bozorga olib ketayotgan avtobusga qarata o‘q uzdi. Natijada 31 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtobus Songo qishlog‘idan 10 kilometr uzoqlikdagi Bandiagara bozoriga yo‘nalishda harakatlanayotganda hujumga uchragan. Qo‘shni Bankass shahri meri Moulay Guindoning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan odamlar “mashinaga qarata o‘q uzgan, shinalarini kesib, odamlarga qarata o‘q uzgan”.

U va ismini oshkor qilishni istamagan boshqa bir mahalliy amaldorning aytishicha, kamida 31 kishi halok bo‘lgan, ko‘plar yaralangan yoki bedarak yo‘qolgan.

Aholi punktlari “Al-Qoida” va “Islomiy davlat”ga aloqador isyonchilar harakat qilayotgan Mopti viloyati markazida joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!