Mahalla raisi fuqaroga: "Ma’lumotnoma kerakmi? Paxtaga chiqasan"

Mahalla raisi fuqaroga: "Ma’lumotnoma kerakmi? Paxtaga chiqasan"

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani “Aydin jol” MFY raisi B.A. kam ta’minlanganlik haqidagi ma’lumotnomani olish uchun kelgan fuqaroga ma’lumotnoma uchun terimga chiqish shartini qo‘ygan. Bu haqda Mehnat vazirligi xabar berdi.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida haqiqatan qonun buzilganligi aniqlandi va mahalla raisi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan 6 690 000 so‘m miqdorda jarimaga tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!