Logan Pol Imane Xelif haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganini tan oldi

Logan Pol Imane Xelif haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganini tan oldi

Logan Pol o‘chirib tashlangan X/Twitter postida jazoirlik olimpiya bokschisi Imane Xelifni erkak deb ataganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda «noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganini» tan oldi.

Payshanba kuni 2024 yilgi Parij Olimpiadasida italiyalik bokschi Anjela Kariniga qarshi o‘yinda Xelif g‘alaba qozonganidan so‘ng , Pol X'da shunday deb yozdi: “Bu bizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lgan yovuzlikning eng sof shakli. Erkak dunyo miqyosida ayolni kaltaklashiga ruxsat berildi. Bu yolg‘onga barham berish kerak."

GLAAD va InterACT ma’lumotlariga ko‘ra, Xelif jinsini o‘zgartirmagan va u ayol. Associated Press xabariga ko‘ra, u tug‘ilganida qiz bo‘ib tug‘ilgan va bu Xelifning pasportida ham qayd etilgan.

Polning dastlabki postidagi izohlarda uning obunachilariga Xelifning jinsi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergani haqida aytildi.

"Men noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda aybdor bo‘lishim mumkin", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!