Hindiston Mudofaa vazirligi Su-30MKI uchun 240 ta dvigatel sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Hindiston Mudofaa vazirligi Su-30MKI uchun 240 ta dvigatel sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Hindiston Mudofaa vazirligi Hindiston harbiy-havo kuchlarining Su-30MKI qiruvchi samolyotlari uchun 240 ta yangi samolyot dvigatellarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Bu haqda departament Janubiy Osiyo respublikasi hukumatining rasmiy axborot saytida ma’lum qildi.

“Mudofaa vazirligi Hindustan Aeronautics Limited (HAL) kompaniyasi bilan Su-30MKI samolyotlari uchun qiymati 26 milliard rupiydan (310 million dollar) ortiq bo‘lgan 240 dona AL-31FP samolyot dvigatellarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi", — deyiladi xabarda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu samolyot dvigatellari HALning Koraput Division kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi va "Hindiston harbiy-havo kuchlarining mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash uchun Su-30 flotining operativ tayyorgarligini saqlash talabini qondirishi” kutilmoqda. "HAL shartnomaviy yetkazib berish jadvaliga muvofiq yiliga 30 ta samolyot dvigatelini yetkazib beradi. Barcha 240 ta dvigatelni yetkazib berish keyingi sakkiz yil ichida yakunlanadi", - deya ma’lum qildi Hindiston Mudofaa vazirligi.

Ishlab chiqarish jarayonida HAL mamlakat mudofaa sanoati, jumladan, davlat va xususiy korxonalarning yordamiga tayanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!