Litvada ilk marotaba qorako‘zanda COVID-19 aniqlandi: 169 jonivor halok bo‘ldi

Litvada ilk marotaba qorako‘zanda COVID-19 aniqlandi: 169 jonivor halok bo‘ldi

Litvadagi chorvachilik fermasidagi qorako‘zanlar orasida COVID-19ni yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi.

Bu haqda Litva veterinariya va oziq-ovqat xizmati veb-saytida xabar berildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, veterinariya shifokorlari Yonava mintaqasidagi fermer xo‘jaliklaridan birida noodatiy ravishda 169 jonivor o‘lganligini qayd etishgan. Laboratoriya tekshiruvlari esa ba’zi hayvonlarning koronavirusga chalinganligini ko‘rsatgan.

Ta’kidlanishicha, xodimlardan biri allaqachon qorako‘zanlardan xastalikni yuqtirib olgan.

Keyinchalik ferma rahbariyati kasallik xavfi tufayli o‘zaro aloqada bo‘lgan yana 40 ga yaqin hayvonni yo‘q qilgan. Hududda esa sanitariya nazorati o‘rnatilgan.

Hozirgacha 2019-nCoVning mutasiyalangan shaklini yuqtirish holatlari Niderlandiya, Ispaniya, Italiya, Daniya, AQSH, Shvesiya va Belorussiya fermer xo‘jaliklarida qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!