KXDR iqtisodiy delegasiyasi Eronga jo‘nab ketdi

KXDR iqtisodiy delegasiyasi Eronga jo‘nab ketdi

KXDR tashqi iqtisodiy ishlar vaziri Yun Jong Xo boshchiligidagi delegasiya Eronga tashrif buyurdi.

Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi.

23 aprel kuni Yun Jong Xo Pxenyandan Eronga jo‘nab ketgan.

Safar dasturi va maqsadlari haqida boshqa ma’lumot berilmagan.

«Yonhap» agentligining qayd etishicha, tashrif tomonlarning harbiy sohadagi munosabatlarni mustahkamlash niyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

KXDR rasmiy vakillari Eronga oxirgi marta 2019 yilda tashrif buyurishgan. Ikki davlat o‘rtasida 1973 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!