Kursdoshi bilan janjal uyushtirgan 17 yoshli qiz javobgarlikka tortildi

Kursdoshi bilan janjal uyushtirgan 17 yoshli qiz javobgarlikka tortildi

Toshkent shahar IIBB tengdoshiga oyoq va qo‘li bilan zarba yo‘llagan qizning shaxsini aniqladi.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, Shayxontohur tuman ma’muriy sudi 17 yoshli Nigina YU. va uning tanishi Xojiakbar A.larga nisbatan ishni ko‘rib chiqdi. Joriy yilning fevral oyida sodir bo‘lgan "Razbor" tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqlarsha joylangan. Nigina YU. Shirin I.ga zarba yo‘llagan qiz, Xojiakbar A. esa videoni tasvirga olgan.

Sud Niginani Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (mayda bezorilik) va 194-moddalari (milisiya xodimining qonuniy talabini bajarmaslik)ga asosan aybdor deb topdi. Unga nisbatan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima tayinladi.

Xojiakbarning harakatlari esa mahallasi va ta’lim muassasasida muhokama qilindi.

Manba: uznews.uz

 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!