Ko‘rib qo‘ying! Trampning Grenlandiyadagi tasavvuriy minorasi

Ko‘rib qo‘ying! Trampning Grenlandiyadagi tasavvuriy minorasi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish taklifini yoritib, kichik bir qishloqqa qurilgan Tramp minorasining tasavvuriy tasvirini  (fotomontaj) Twitterdagi sahifasida e’lon qildi.

Bu surat yakshanba kuni Arktika hududini sotib olish bo‘yicha bitimga "strategik " qiziqish bildirganidan so‘ng paydo bo‘ldi.



Biroq, Daniya bosh vaziri bunga tezda javob qaytardi va Grenlandiyaning sotilmasligini va uni AQShga sotish g‘oyasi asosiz ekanini aytdi.

"Grenlandiya sotilmaydi. Grenlandiya Daniyaga emas. Grenlandiya Grenlandiyaga tegishli.”- deydi Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen yakshanba kuni Grenlandiyaga qilgan tashrifi chog‘ida "Sermitsiaq" gazetasiga bergan intervyusida.

Tramp kelgusi oyning boshida Kopengagenga tashrif buyuradi, Frederiksen va Daniyaning avtonom hududi bo‘lgan Grenlandiya Bosh vazir Kim Kilsen bilan uchrashuvlarning kun tartibida Arktika masalasi ham ko‘rib chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!