Ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi (foto)

Ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi (foto)

Germaniyaning Blankenburg shahrida ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti MDR telekanaliga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bugun ertalab mahalliy vaqt soat 8:55 da Blankenburg shahridagi besh qavatli uyda portlash yuz berdi.

Portlash oqibatida 25 kishi jarohatlandi. Ta’kidlanishicha, bir kishi halok bo‘ldi.

Voqea joyida 160 nafar qutqaruvchi ishlamoqda, tibbiyot vertolyotlari jalb qilingan. Binodan aholi to‘liq evakuasiya qilingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!