Baxtiyor Saidov Qozog‘istonda SHHT tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Baxtiyor Saidov Qozog‘istonda SHHT tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Qozog‘istonning Ostona shahrida SHHT tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yig‘ilishda Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Ta’kidlanishicha, uchrashuv Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiy va Eronning marhum tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon xotirasiga sukut saqlash bilan boshlangan.

“Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik janoblarini Belarus Respublikasining SHHT oilasiga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi bo‘yicha barcha tartib-taomillar muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladik. Bo‘lajak sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida biz SHHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor jihatlari va sohalar bo‘yicha qator dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdik. Xususan, iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, transport-logistika, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan ochiq va konstruktiv fikr almashdik”, – deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston SHHTning mintaqaviy va global miqyosdagi rolini yanada mustahkamlash, uning ulkan salohiyatidan samarali foydalanish, ayniqsa, Tashkilotni kengaytirish tarafdori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!