"World2Fly" aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda

"World2Fly" aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda

Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasi Madridni Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog‘laydi. Madrid-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi 2024 yil 23 mayga belgilangan.

Toshkent – Madrid – Toshkent va Urganch - Madrid - Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024 yilning sentyabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.

"World2Fly" — 2020 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan ispan aviakompaniyasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!