Jizzaxda ikkita rasiyadan tegishli ruxsatnomasiz foydalangan MCHJ rahbariga chora ko‘rildi

Jizzaxda ikkita rasiyadan tegishli ruxsatnomasiz foydalangan MCHJ rahbariga chora ko‘rildi

Jizzax viloyatida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining viloyat hududiy sho‘basi, Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida viloyat hududlari bo‘ylab monitoring tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida Jizzax shahri “Sayiljoyi” MFY hududida joylashgan MCHJ rahbari J.X. tomonidan mazkur korxona ish faoliyati davomida 2 dona Baofeng rusumidagi radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu huquqbuzarlik sabablari “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Jizzax viloyat hududiy sho‘basi tomonidan o‘rganilib, ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborildi.

Sud tomonidan MCHJ rahbariga nisbatan chora ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!