Rossiya prezidenti Raisiy dafn marosimiga bormaydi

Rossiya prezidenti Raisiy dafn marosimiga bormaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident Ibrohim Raisiyning dafn marosimiga Eronga bormaydi, chunki dafn marosimiga xalqaro ishtirokchilar kirmaydi, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Raisiyning dafn marosimi 23 may kuni uning tug‘ilib o‘sgan shahri Mashhadda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni prezident vertolyoti Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi tog‘larda qulagan edi. Samolyot bortidagi barcha odamlar: prezident Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxon, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malik Rahmati, oliy rahbarning ushbu viloyatdagi vakili Ali Hoshem, prezident xavfsizlik xizmati rahbari general Mehdi Musaviy, ikki uchuvchi va bir texnik halok bo‘lgan.

Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!