Krokusdagi teraktni sodir etganlikda ayblanayotganlar hibsga olish ustidan shikoyat qilmaydi

Krokusdagi teraktni sodir etganlikda ayblanayotganlar hibsga olish ustidan shikoyat qilmaydi

«Krokus Siti Xoll»da terakt sodir etganlikda ayblangan Tojikistonning to‘rt fuqarosi hibsga olish muddatini uzaytirish bo‘yicha shikoyat qilmaydi.

Bu Moskvadagi umumiy yurisdiksiya sudlarining kartotekasi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hibsni 22 avgustgacha uzaytirish haqidagi qaror apellyasiyasiz kuchga kirgan.

Teraktning bevosita ijrochilari sifatida Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rachabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovlar ko‘rsatilgan.

Aka-uka Aminjon va Dilovar Islomovlar hamda ularning otasi Isroil Islomov, Alisher Qosimov, Nazrimad Lutfullo, Yoqubjon Yusufzoda, Muhammad Zoir Sharipzoda va Jumaxon Qurbonovlar terrorchilarga yordam berishda ayblanmoqda.

Qurbonov, Lutfullo, Sharipzoda va Yusufzoda hibsga olish yuzasidan apellyasiya shikoyati bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!