Eronning yangi rahbari Muhammad Moxber kim?

Eronning yangi rahbari Muhammad Moxber kim?

Moxber 2021 yilda Ibrohim Raisiy mamlakat prezidentligiga saylanganida vise-prezident bo‘ldi. U Oyatulloh Xomanaiyga yaqin va Vladimir Putin bilan ham yaxshi munosabatlarga ega. O‘tgan yilning oktyabr oyida Muhammad Moxber Moskvaga tashrif buyurgan va Eron raketalarini Rossiyaga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borgan Eron delegasiyasi tarkibida edi. Avvalroq Muhammad Moxber Xomanaiyga yaqin bo‘lgan Setad sarmoya fondida ishlagan.

2010 yilda Yevropa Ittifoqi Moxberni yadroviy raketalarni yaratish dasturida ishtirok etgani uchun sanksiya qilgan. Biroq oradan ikki yil o‘tib amaldorga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi. Qo‘shma Shtatlar esa 2013 yilda Setad sarmoya jamg‘armasi va boshqa 37 Eron shirkatiga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

«Setad» 1979 yilgi islom inqilobidan keyingi notinch yillarda muhojirlar tashlab ketgan mulkni boshqarish uchun tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik bu mulkdan olingan mablag‘lar xayriya ishlariga yo‘naltirilgan. Biroq Konstitusiyaga ko‘ra, vise-prezident faqat keyingi 50 kun davomida mamlakat rahbari bo‘lib qoladi, bu davrda yangi saylovlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!