Toshkentda 6 balldan yuqori kuchga ega zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin

A A A
Toshkentda 6 balldan yuqori kuchga ega zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin

Toshkent shahri hududida magnitudasi M≤6,5 bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lish xavfi bor. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova ma’lum qildi.

Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyasion modeli ishlab chiqildi.

Olimlarimiz yaragan ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 maydagi 158-sonli «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Qarorida keltirilgan vazifalardan biridir.

Toshkent shahri hududi seysmik potensiali yuqori bo‘lgan zonada joylashgan bo‘lib, hududda magnitudasi M≤6,5 bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lish xavfi bor. Tarixiy va instrumental ma’lumotlar bazasiga ko‘ra shahar hududida 1868, 1886, 1924 va 1966 yillari magnitudasi M=6.5, M=6.0 va M=5.3 seysmik jadalligi bo‘yicha 7, 8 - 9 ballik zilzilalar qayd qilingan. Shuningdek 1980 yilda magnitudasi M=5.5 bo‘lgan seysmik jadalligi 8 ballgan teng Nazarbek zilzilasi sodir bo‘lgan. Toshkent shahar hududini janubiy g‘arb yo‘nalishida kesib o‘tuvchi Karjantou tektonik yer yorig‘i doimiy harakatlanishi natijasida kuchli zilzilalar sodir bo‘lib kelmoqda. Albatta sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lgan 7,8 va 9 ballik kuchli zilzilalar sharharga iqtisodiy talafotlar yetkazgan. Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga Toshkent shahrida 981 331 ta oilalar (uch millionga yaqin kishi) 11 258 ta ko‘p qavatli uylarda va 204,1 mingta yakka tartibdagi uylarda istiqomat qiladi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortib bormoqda.

So‘nggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir bo‘layotgan kuchli zilzilalar yer plitalarining tektonik siljishlari oqibatida yuzaga kelayotgan turli xil talafotlar mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, aholining demografik o‘sishi, sanoat-fuqarolik qurilishlari kengayishi hududning seysmik talafot potensialini oshiradi.

Talafotlarni oldindan aniqlashda zamonaviy raqamli simulyasion modellardan keng foydalanish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish muammolarini hal qilish bo‘yicha kompleks yondoshuv vazifasini bajaradi.

Loyihani amaliyotga tadbiq etish orqali zamonaviy IT-texnologiyalari asosida Toshkent shahrining muhandis-geologik sharoitini va bino-inshootlarning konstruktiv turlarini hamda ularning seysmik zaifliklarini aniqlab hisobga olgan holda hududda sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi iqtisodiy talafotlarini baholashning ilmiy asoslangan similyasion modeli ishlab chiqiladi.

Tadqiqot natijasida grunt va binolarning tizimli tebranish xususiyatlari aniqlanadi va episentral zonalardagi va undan tashqarisida seysmik tebranishlarning tarqalishi va so‘nish ko‘rsatkichlari matematik modellashtirish asosida baholanadi, shuningdek, hududning har bir nuqtasi uchun zilzilaning manba parametrlari asosida sintetik akselerogramma yaratiladi.

Toshket shahri hududida sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan zilzila o‘chog‘larining seysmik xavfi baholanadi.

Bino va inshootlarning seysmik zaifligini va ularning kuchli zilzilalar ta’sirida shikastlanish darajasini aniqlashda jahon tajribasini hisobga olgan holda yondashuvlar tanlanadi, usullar, tavsiyalar va baholash bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, shahar hududida turli davrlarda qurilgan bino va inshootlarning, xususiy uylarni inobatga olgan holda, 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi seysmik bardoshlik xolatlari aniqlanadi har bir konstruktiv turdagi bino-inshootlar uchun shikastlanish darajalari baholanadi va seysmik holatini baholovchi namunaviy pasportlari tuzila boshladi.

Toshkent shahrida qurilgan bino va inshootlarning har bir konstruktiv turi uchun seysmikbardoshlik bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratiladi va ularni GIS platformasiga joylashtiriladi. Ishlab chiqiladigan kuchli zilzilalarni simulyasion modellashtirish texnologiyasi dastlab Toshkent shahri hududi misolida, keyin «Raqamli geoportal» axborot tizimi mavjud shaharlar hududlari bosqichma-bosqich barcha viloyat markazlari va yirik aholi puntlari hududlariga joriy etiladi. Natijada, qurilish ob’ektlari uchun joy ajratish va loyihalash masalalarini hal qilishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda hududlarda keltirib chiqaradigan seysmik talafotlar yuqori bo‘lgan hududlarda zilzilabardosh bino-inshootlarni qurish va loyihalashda, kuchli zilzilalarda yetkaziladigan zararlarni kamaytirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, aholi va hududni seysmik xavfsizligini ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan loyihaning muhimligi: Simulyasion modellashtirish natijasida shahar aholisi va hududdagi mavjud binolarning ijtimoiy-iqtisodiy talafoti baholanadi. Natijada baholangan seysmik zaif binolar zilzilabardoshligi oshirilish masalasi yoki o‘rniga yangi norma asosida bino qurish masalasi hal etiladi. Ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minot va platforma onlayn rejimda avtomatik tarzda kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda grunlar va binolarning tebranishi, seysmik to‘lqinlarning tarqalishi rangli tasvirlarda animasiyalanadi va dastlabki talafotlar ko‘lamini miqdoriy baholash imkoni beradi hamda favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va o‘quv-taktik bo‘linmalarini harakatlanish dasturi vazifasini bajaradi.

Shuningdek, tadqiqot yakunida erishiladigan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublika hududi va aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tadbirlarini o‘tkazilishi aniq manzillari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda ehtimoliy ijtimoiy-iqtisodiy talafotlar miqdori ko‘lami asosida olib borilsa, tadbirlarda qutqaruv bo‘linmalar va zaruriy tibbiy va moddiy-texnik yordam vositalari va kuchlarini aniq miqdori belgilab olish va buning natijasida talafotlarni kamaytirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulotlari va tadbirlarda real maqsadlarga erishiladi.

Ishlab chiladigan uslub, texnologiya, xarita va dasturiy ta’minotlar vafqulodda vaziyatlarda harakatlanish tizimi, bo‘linmalari va kadrlar malakasini oshirish hamda shahar bosh rejasi, zilzilabardosh bino-inshootlarni qurilish-loyihalash uchun dastur vazifasini bajaradi, shu bilan birga amaliyotda qo‘llashda joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Shomurodov yangi klubda 3 mln yevro maosh olmoqchi

"Metaratings.ru" нашри хабарига кўра, Саудия Арабистони клублари Ўзбекистон терма жамоаси ва "Истанбул Бошакшеҳир" ҳужумчиси Элдор Шомуродовга қизиқиш билдирмоқда.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагилар маълум қилинди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

Andijonda "kibr ko‘cha-2" ochildi (video)

Андижон шаҳрининг Қўшариқ даҳаси ҳудудида миллий қадриятлар ва замонавий қулайликлар мужассам бўлган янги гастрономик кўча фаолият бошлади.

JCH-2026 start oldi: Meksika ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, JAR esa maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi (video)

ЖЧ-2026нинг дастлабки голи муаллифи 9-дақиқада Хулиан Киньонес бўлди

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Россия Мудофаа вазирлиги буни "ҳозирги тезкор вазият" билан изоҳлади.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.