Farrosh ayol o‘zini yoqib yuborish bilan rahbariyatga tahdid qildi

Farrosh ayol o‘zini yoqib yuborish bilan rahbariyatga tahdid qildi

Telegram-kanallardan birida «Andijon mexanika zavod» SHKining farrosh N.Muxitdinova ishdan bo‘shatilishiga rozi emasligini va rahbariyat bilan muzokara o‘tkazishni talab qilgan suhbati ovozli yozuvi e’lon qilindi. Ovozli yozuvda u talablari bajarilmasa, o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu suhbatni yozib olish uzoq vaqt oldin qilingan. O‘sha paytda N. Muxitdinova bir necha bor, xususan, Mirzo Ulug‘bek tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan 2021 yilda 169-moddaning 1-qismi bo‘yicha, Paxtaobod tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan 2023 yilda 168-moddaning 1-qismi bo‘yicha sudlangan va oxirgi jazoni tugatmasdan yana qonunni buzib, tergov ostida bo‘lgan.

O‘z navbatida, N.Muxitdinova mehnat intizomini buzganligi va doimiy ravishda ish joyida bo‘lmaganligi sababli ishdan bo‘shatilgan. Uning ishdan bo‘shatilishi norozilikka sabab bo‘lib u o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilib, rahbariyatni muzokaraga majburlamoqchi bo‘ldi. Vaziyat hal qilindi va muzokaralar olib borildi.

Hozirgi vaqtda N.Muxitdinova Paxtaobod tuman jinoyat ishlari sudining 2024 yil 19 apreldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining JK 168-moddasi bo‘yicha 3 yil 8 oygacha ozodlikdan mahrum etilgan.

Ushbu voqea haqida noto‘g‘ri ma’lumotni nashr etish maqsadli ravishda korxona obro‘siga putur etkazishi mumkin. Biz hammaga axborot manbalariga e’tiborli bo‘lishni va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyatiga asossiz izohlar tarqatmaslikni tavsiya qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!