Ertaga Toshkentda WADAning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig‘ilishi boshlanadi

Ertaga Toshkentda WADAning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig‘ilishi boshlanadi

Ertaga Toshkentda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig‘ilishi boshlanadi. Ayni paytda unda qatnashadigan martabali mehmonlarning tashrifi davom etmoqda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Saudiya Arabistoni shahzodasi, mamlakat sport vaziri, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbari, Islom birdamligi sport assosiasiyasi Prezidenti Abdulaziz bin Turki Al Saudni kutib olishdi. Rasmiylar martabali mehmonni qarshi olishgach bo‘lajak tadbir va o‘zaro hamkorlik masalalariga doir qator mavzularni muhokama qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!