Nigeriyada 40 kishi qurolli hujum qurboni bo‘ldi

Nigeriyada 40 kishi qurolli hujum qurboni bo‘ldi

Nigeriyada, markaziy Plato shtatida sodir bo‘lgan ikki xil qurolli hujumda kamida 40 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Audu Umma mahalliy hokimiyat vakili xabar berdi.

Voqea Vas tog‘-kon sanoati hududida sodir bo‘lgan.

Shuningdek, ko‘plab jarohatlar haqida xabar berilgan.

Jangarilar Kompani Zurak va Bandalala qishloqlariga hujum qilgan.

Hujum chog‘ida o‘nlab odamlar o‘g‘irlab ketilgani aytilmoqda.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Nigeriyaning Plato shtatida chorvadorlar va dehqonlar o‘rtasida tez-tez qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ladi. Joriy yil boshidan beri kamida 150 kishi, jumladan, bolalar va ayollar to‘qnashuvlar qurboniga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!