Farg‘onada qo‘shni davlatdan ko‘p miqdordagi telefon apparatlarini noqonuniy olib o‘tgan shaxs ushlandi

Farg‘onada qo‘shni davlatdan ko‘p miqdordagi telefon apparatlarini noqonuniy olib o‘tgan shaxs ushlandi

Farg‘onada qo‘shni davlatdan juda ko‘p miqdordagi tovar qimmatliklarini aylanma yo‘llar orqali olib o‘tgan shaxsning qilmishi fosh bo‘ldi. Daliliy ashyo sifatida olingan telefon apparatlari davlat egaligiga o‘tkazilib, bu ishga qo‘l urgan fuqaro sud oldida javob berdi.

Noqonuniy ishning baribir misi chiqadi. Farg‘ona tumanidagi chegara hududda yashovchi B. U. bu naqlga amal qilmasdan osongina pul topishni o‘yladi. Qirg‘iz Respublikasida yashovchi “Jo‘mard” ismli shaxs bilan reja tuzib, katta miqdordagi telefon apparatlarini bojxona nazoratini chetlagan holda ikki davlat chegarasi bilan kesishgan joydan O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Davlat chegaralarini ajratib turuvchi ariq orqali hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 8 turdagi 328 dona uyali telefon apparatlarini qabul qilib olgan. B. U. ularni uyiga olib kelib, tovarlarni kelgusida tuman markaziga, ya’ni buyurtma berganlarga yetkazib berish maqsadida avtomashinasining yashirincha tashish uchun tayyorlangan maxsus xufiyona joylariga joylashtirgan.

DXX chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism tezkor bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida mazkur holat aniqlanib, prosessual tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur uyali telefon apparatlarining bozor bahosi 2 milliard 500 million 300 ming so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudi tomonidan bu ish ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga tegishli jazo tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!