Fransiya hamda Belgiya XJSning HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish haqidagi talabini qo‘llab-quvvatladi

Fransiya hamda Belgiya XJSning HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish haqidagi talabini qo‘llab-quvvatladi

Fransiya hamda Belgiya XJSning Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini, shuningdek, HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish haqidagi talabini qo‘llab-quvvatladi.

"Fransiya Xalqaro jinoiy sudni, uning mustaqilligini va barcha holatlarda jazosiz qolishga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlaydi", — deyiladi mamlakat TIV bayonotida.

Hujjatda Fransiya HAMAS guruhi tomonidan sodir etilgan qirg‘in va jinoyatlarni qoralashi bildirilgan. TIV shuningdek, fransuz siyosatchilari uzoq vaqtdan beri G‘azo sektorida xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlab kelganini eslatdi.

Fransiyadan keyin Belgiya ham Xalqaro jinoyat sudining talabini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"G‘azo sektorida sodir etilgan jinoyatlarning aybdorlari, kim bo‘lishidan qat’i nazar, eng yuqori darajada jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak", — deb yozdi Belgiya tashqi ishlar vaziri Xaja Lahbib X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!