O‘zbekiston Eron Prezidenti bo‘lgan vertolyotning baxtsiz hodisaga uchrashiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Eron Prezidenti bo‘lgan vertolyotning baxtsiz hodisaga uchrashiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston TIV Eron Prezidenti bo‘lgan vertolyotning baxtsiz hodisaga uchrashiga munosabat bildirdi.

"Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning favqulodda qo‘ndirilishi to‘g‘risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo‘lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Barcha yo‘lovchilar tez orada sog‘-salomat topilishiga umid qilamiz.

O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan Eronlik do‘stlarimizga barcha yordam ko‘rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildiradi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!