Suriya prezidentining rafiqasiga leykemiya tashxisi qo‘yildi

Suriya prezidentining rafiqasiga leykemiya tashxisi qo‘yildi

Suriya prezidenti Bashar al-Asadning rafiqasi Asma saraton kasalligiga chalingan, deyiladi davlat rahbari idorasi bayonotida.

“Birinchi xonim Asma Asadda bir qancha alomatlar va klinik belgilar aniqlangani hamda keng qamrovli tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilgandan so‘ng unga o‘tkir miyeloid leykemiya tashxisi qo‘yildi”, — deyiladi hujjatda. Endi Asma al-Asad ommaviy tadbirlarda vaqtincha ishtirok etmaydi va “ijtimoiy masofa”ga rioya qiladi.

2018 yil avgust oyida Suriya prezidentining rafiqasiga ko‘krakdagi xavfli o‘sma tashxisi qo‘yilgan edi. 2019 yil yanvar oyi oxirida shifokorlar uni olib tashlash bo‘yicha operasiyani muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. 2019 yil avgust oyida prezident saroyi idorasi Asma al-Asad kasallikni yengganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!