Fransiya prezidenti "Real" prezidentiga murojaat qiladi

Fransiya prezidenti "Real" prezidentiga murojaat qiladi

Bugun Yelisey saroyida FIFAga asos solinganining 120-yilligi munosabati bilan ziyofat rejalashtirilgan (tashkilot 1904 yilning 21 may sanasida faoliyatini boshlagan).

Ushbu marosimda xalqaro futbol assosiasiyasini tashkil etish bo‘yicha aktni qo‘llab-quvvatlagan yetti federasiya vakillari (Fransiya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Ispaniya, Shvesiya va Shveysariya) ishtirok etishadi. Bundan tashqari yana bir qator maxsus mehmonlar ham taklif etilgan va ulardan biri Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peresdir.

Ma’lumotlarga qaraganda, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron vaziyatdan unumli foydalanib qolishni reja qilgan. U Peres bilan hujumchi Kilian Mbappe va boshqa fransiyalik futbolchilar Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi borasida suhbatlashmoqchi. Forvard yozda "PSJ"ni tark etadi va katta ehtimol bilan faoliyatini Ispaniya poytaxtida davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!