Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Checheniston sport vaziri bo‘ldi

Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Checheniston sport vaziri bo‘ldi

Checheniston rahbarining to‘ng‘ich o‘g‘li 18 yoshli Axmat Qodirov respublika jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Axmat Qodirov 2023 yil noyabrida 18 yoshga to‘ldi. O‘shandan beri u Checheniston hukumatidagi uchinchi lavozimini almashtirmoqda.

2024 yilning fevralidan respublika yoshlar ishlari vaziri lavozimida ishlab kelgan, bundan bir necha oy oldin esa respublika Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Axmat Qodirov Chechenistonda yoshlarga oid davlat siyosatiga rahbarlikni 16 yoshida, Rossiya bolalar va yoshlar harakatining viloyat raisi etib tayinlanganida boshlagan.

Seshanba kuni ertalab Checheniston hukumati rahbari Muslim Xuchiyev iste’foga chiqqani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!