Germaniya Rossiya raketalarini urib tushirmoqchi emas

Germaniya Rossiya raketalarini urib tushirmoqchi emas

G‘arb hamjamiyati Ukraina uzra uchish taqiqlangan zonalar tashkil etish g‘oyasini “allaqachon rad etdi”, chunki bu “harbiy harakatlarda ishtirok etish” degan ma’noni anglatadi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Latviyada aytib o‘tdi, uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirdi.

Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols va hukumat matbuot kotibi Shteffen Xebstreyt ham xuddi shunday so‘zlar bilan chiqishgan edi.

Pistorius bir necha Bundestag deputatlari taklifi bilan boshlangan Ukraina havo hududini himoya qilish haqidagi muhokamaga shu tariqa javob qaytardi. Ularning taklifiga ko‘ra, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiya chegaralarida o‘rnatilgan G‘arbiy havo mudofaa tizimlari tufayli 70 km chuqurlikdagi xavfsiz hudud yaratish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!