Pokistonlik talabalar Qirg‘izistonni ommaviy ravishda tark etmoqda

Pokistonlik talabalar Qirg‘izistonni ommaviy ravishda tark etmoqda

Pokistonlik talabalar Qirg‘izistonni ommaviy ravishda tark etmoqda — Bishkekda yuz bergan tartibsizlik oqibatlari.

🎓Pokiston hukumati Qirg‘izistondagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 540 ta fuqarosini tijorat reyslari orqali o‘z vataniga qaytarmoqda. Bunga sabab esa 17 may kechasida sodir bo‘lgan ziddiyatli holat ekanligi aytilmoqda.

❗️Ma’lum bo‘lishicha, bir necha talaba o‘zaro mushtlashgan. Bu holat mahalliy blogerlar tomonidan tasvirga olinib, "Qirg‘iz talabalari chet el talabalari tomonidan kaltaklanmoqda" kabi sarlavhalar bilan tarqatilgach, umumiy aholi qo‘zg‘alib, mehmon talabalarga tashlanib ketishgan. Ko‘ngilsiz hodisada 29 kishi jabrlangan.

🟢Holatga befarq bo‘lmagan O‘zbekiston yoshlar umumjahon assosiasiyasining Qirg‘izistondagi vakili ham "O‘zbekistonlik talabalardan Qirg‘iziston qoidalariga to‘liq amal qilishlari"ni so‘rab axborot tarqatgan. (https://t.me/uzbyoshlar_kg/12998)

🇺🇿Mazkur noxush voqeada o‘zbek talabalarining ham ishtiroki yoki jabrlangani haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!