Gruziya bosh vaziri mamlakatni «ukrainlashtirish»ning oldini olmoqchi

Gruziya bosh vaziri mamlakatni «ukrainlashtirish»ning oldini olmoqchi

Mamlakat ichidagi va tashqarisidagi kuchlar «Gruziyani ukrainalashtirish» va «ikkinchi front ochish»ni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush natijasida «gap millat genofondining yo‘q bo‘lib ketishi va iqtisodiyotning qulashi haqida ketmoqda».

“Infratuzilma vayron bo‘ldi, bugungi kunda Rossiya urush boshidagidan 2,5 baravar ko‘proq hududni egallab turibdi. Ukrainadagi urush fonida korrupsiya gullab-yashnamoqda, saylovlar bekor qilindi, siyosiy plyuralizm, ommaviy axborot vositalari erkinligi, demokratiyaning umumiy tushunchasi bilan bog‘liq hamma narsa. «Milliy Harakat» kollektivi vakillari bularning barchasiga havas qiladi va nafaqat havas qiladi, balki Gruziyada bularning barchasini ko‘rishni istaydi, ular Gruziya Ukraina taqdiriga sherik bo‘lishini istaydi, biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz, albatta”, — dedi tashkilot rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!