Ombudsmanga o‘tgan birinchi chorakda kelib tushgan murojaatlarning 42,1 foizi xotin-qizlarga, 57,9 foizi erkaklarga to‘g‘ri keladi

Ombudsmanga o‘tgan birinchi chorakda kelib tushgan murojaatlarning 42,1 foizi xotin-qizlarga, 57,9 foizi erkaklarga to‘g‘ri keladi

Ombudsmanga o‘tgan birinchi chorakda kelib tushgan murojaatlarning 42,1 foizi xotin-qizlarga, 57,9 foizi erkaklarga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.

Jami murojaatlarning 25,4 foizi ijtimoiy, 24,2 foizi iqtisodiy, 18,6 foizi shaxsiy, 14,8 foizi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda ushlab turilgan shaxslar huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, 9,4 foizi fuqarolik va murojaat qilish huquqiga, 1,3 foizi bola huquqlariga, 0,8 foizi ekologik huquq va 5,5 foizi boshqa masalalarga tegishli.

Ombudsmanga murojaatiga ko‘ra, xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 52 mln so‘mga yaqin aliment to‘lovlari undirilishi ta’minlandi. Aliment to‘lashdan bosh tortgan 2 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 ta holatda esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!