75 millionlik pul mablag‘lari o‘z egalariga qaytarildi

75 millionlik pul mablag‘lari o‘z egalariga qaytarildi



Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi tuman adliya bo‘limiga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarori bo‘yicha «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining o‘tkazilgan tuman bosqichi bo‘yicha maktabi jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani, buning uchun maktabga mahalliy budjetdan to‘lanishi lozim bo‘lgan belgilangan mukofot pullari to‘lab berilmaganligi sababli qaror ijrosini ta’minlab, mukofot pullarini to‘lanishida amaliy yordam berishni so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan to‘plangan hujjatlar tahliliga ko‘ra, javobgar Qarshi tuman hokimligi va qo‘shimcha javobgar Qarshi tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi «Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 562-son Qarori talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Adliya aralashgach: Tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligi va tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi zimmasiga da’vogar Qarshi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga tuman mahalliy budjeti hisobidan 75 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini o‘tkazib berish majburiyatini yuklashni so‘rab Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!