Koronavirusning yana ikkita yangi shtammi aniqlandi

Koronavirusning yana ikkita yangi shtammi aniqlandi

RIA Novosti xabariga ko‘ra, AQShning Ohayo universiteti olimlari koronavirusning ikkita yangi shtammini aniqladi, ulardan biri "britancha" shtamm bilan o‘xshashliklarga ega, ikkinchi shtamm virusi esa yanada yuqumli ekanligi aytilmoqda.

Ohayo Universitetining bayonotida aytilishicha, birinchi mutasiya, "britancha" shtammga o‘xshash bo‘lsa-da, lekin u AQShda paydo bo‘lgan. Ikkinchi shtamm ilgari SARS-Cov-2 da topilmagan uchta genetik mutasiyaga ega.

Bu shtammlarning birinchisi yaqinda Ohayo shtatidagi bir bemorda topilgan va olimlar hozircha uning qanchalik keng tarqalganligi haqida aniq fikrga kela olmayapti. Ikkinchi shtamm Kolumbus shahrida 2020 yil dekabr oyi oxiri — 2021 yil boshlarida ko‘paya boshlagan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ikkinchi shtammdagi mutasiyalar virusning yuqumlilik holatini va shu bilan kasallikning odamdan odamga o‘tishini kuchaytirishi mumkin. 

Tadqiqotchilar ushbu mutasiyalar vaksinalarning samaradorligiga ta’sir qiladi deb xulosa qilish uchun hali asoslar yo‘qligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining o‘rtalarida Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutasiyasi aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik, Buyuk Britaniya rasmiylari mamlakatda aniqlangan koronavirus shtammi tezroq tarqalayotganini va aholidan yanada ehtiyotkorlikni talab qilishini tasdiqladilar. Yangi shtamm odatdagi shtammga qaraganda 70 foiz  ko‘proq yuqumli deb taxmin qilingan bo‘lsa-da, hali o‘lim holatlari yoki gospitalizasiya nuqtai nazaridan xavfli ekanligini tasdiqlaydigan asos yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!