Koronavirus! Toshkentdagi ikkita maktabning faoliyati to‘xtatildi

Koronavirus! Toshkentdagi ikkita maktabning faoliyati to‘xtatildi

Xabaringiz bor, bugungi kunda barcha hududlarda maktab o‘qituvchilarining COVID-19 infeksiyasiga test topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda. 

XTV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kuni kecha Shayxontohur tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik Markazining ma’lumotiga asosan COVID-19 infeksiyasi aniqlangan o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40- va 262-sonli maktablar faoliyati ehtiyotkorlik hamda xavfsizlik maqsadida Mahalliy kengash qarori bilan vaqtincha to‘xtatildi. 

"Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur virus 2 yilgacha chekinmasligini prognoz qilgan. Bugun har birimiz ushbu virus bilan yashashga, hech qanday havotirga tushmasdan hayot tarzimizni davom ettirishga o‘rganishimiz lozim. 

Mahalliy kengash deputatlari tomonidan qabul qilingan maktablarni yopish yohud ochish to‘g‘risidagi qarorlar u yoki bu maktab jamoasi va maktab o‘quvchilari, ya’ni bolajonlarimizning salomatligini o‘ylab amalga oshiriladi. Shu bois o‘qituvchilarimizdan ham ota-onalardan ham bunday holatlarda ortiqcha havotirga tushmaslik sanitariya-gigena qoidalariga rioya qilgan holda odatiy hayot tarzini davom ettirishlarini so‘rab qolamiz. 

Bunday holatlarda ota-onalardan talab qilinadigan asosiy narsa masofadan yaratib berilayotgan ta’lim imkoniyatlaridan foydalanib, farzandlari bilim olishini nazorat qilishdan iborat. Bu masalaga jiddiy yondoshishingizni iltimos qilamiz.

Karantinga olingan maktablar dezinfeksiya ishlari amalga oshirilganidan so‘ng Mahalliy kengash deputatlari qarori bilan yana o‘z faoliyatini tiklaydi.

Shu bilan birga bugungi kunda barcha hududlarda ochilmagan maktablar faoliyatini tiklash bo‘yicha ham ishlar ketmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

topshirig‘i bilan maktablarni ochilishi hamda yopilishi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish vakolati faqatgina Mahalliy kengash deputatlariga topshirilgan.

16 sentyabr holatiga respublikada 2 550 ta (25%) maktab o‘z faoliyatini an’anaviy shaklda amalga oshirmoqda", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!