Koronavirus! Issiq havoda tibbiy niqoblarni tez-tez almashtirish kerak. Chunki...

Koronavirus! Issiq havoda tibbiy niqoblarni tez-tez almashtirish kerak. Chunki...

Tibbiy niqoblar issiq havoda tezroq yomonlashadi, shu bois ularni koronavirusdan samarali himoya qilishi uchun tez-tez o‘zgartirish kerak, deb ma’lum qildi Rospotrebnadzor markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya institutining molekulyar diagnostika markazi mutaxassisi Mixail Lebedev.

"Niqoblarni tez-tez almashtirishga to‘g‘ri keladi, chunki issiqda ular tezroq namlanadi, mahsulotning himoya qatlami esa tez parchalanadi va natijada samarasi kamayadi. Bundan tashqari, yozda to‘q rangli shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni to‘xtatgan ma’qul», - deydi mutaxassis.

Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, issiqda niqob taqqanlik sababli issiq urishidan qo‘rqishning hojati yo‘q.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!