Kolejga o‘qishga kiritishni va’da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Kolejga o‘qishga kiritishni va’da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sariosiyo tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari I.M. ushbu kollejga o‘qishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga o‘qishni ko‘chirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln. 700 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!