Kim Kardashyan prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin

Kim Kardashyan prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin

Fotomodel va aktrisa Kim Kardashyanning siyosat bilan shug‘ullanish ehtimoli bor, deb yozmoqda CNN.

Kardashyan giyohvand moddalarni saqlashda ayblangan 63 yoshli afroamerikalik Elis Jonsonning afv etilishiga erishgan. Aktrisaning so‘zlariga qaraganda, bu voqea uning hayotini o‘zgartirib yuborgan.

CNN jurnalistining prezidentlik saylovlariga nomzodini qo‘yishi to‘g‘risidagi savoliga Kardashyan «Hech qachon ‘hech qachon’ deb bo‘lmaydi. Lekin bu men saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshladim, degani emas», – deya javob bergan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!