Kiyev Taurus raketalarini olmaydi

Kiyev Taurus raketalarini olmaydi

Germaniya kansleri Olaf Shols chorshanba kuni Berlinda Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan muzokaralar chog‘ida AQSh Kongressining Ukrainaga 61 milliard dollarlik yangi yordam paketini ma’qullashi Yevropa davlatlarini Ukrainaga ko‘makni kengaytirish majburiyatidan ozod qilmaydi, dedi.

Ammo Germaniyaning Ukrainaga Taurus qanotli raketalarini yetkazib berish imkoniyati bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda, deb yozadi Reuters Shols so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.

Germaniya Taurusni Ukrainaga berishdan bosh tortadi, chunki ularning 500 kmgacha bo‘lgan masofasi nazariy jihatdan ukrainalik harbiylarga Rossiya hududida, shu jumladan Moskvadagi nishonlarni urish imkonini beradi.

Shols bir necha bor Ukrainaga Shvesiya-Germaniya Taurus raketalari berilishiga qarshi chiqqan. Uning fikricha, ulardan »noto‘g‘ri foydalanish" Germaniyani Rossiya bilan urushga olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!