Kattaqo‘rg‘on poligonida masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda

Kattaqo‘rg‘on poligonida masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda

Markaziy harbiy okrug hududidagi “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydonida mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan “Tashabbuskor g‘oyalar” asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda.

Izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” o‘ziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizasiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirildi. Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshdi. Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilishi ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi.

Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolni jangovar imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on poligonida masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda Kattaqo‘rg‘on poligonida masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda

Shuningdek, “Bo‘ron” deya nom berilgan “GM-21 MK” rusumli KamAZ va «Ural» texnikasiga o‘rnatilgan 122 millimetrli “DM-21” markali o‘ziyurar artilleriya to‘p-raketasini masofadan boshqarish va otish ishlari sinovdan o‘tkazilmoqda.Kattaqo‘rg‘on poligonida masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!