Karimov va Astanovning jinoyat ishi DXX tomonidan o‘rganib chiqildi

Karimov va Astanovning jinoyat ishi DXX tomonidan o‘rganib chiqildi

Toshkent shahar ichki ishlar Bosh Boshqarmasi tomonidan fuqarolar 1975 yilda tug‘ilgan Karimov Rustambek Abdurashidovich va 1971 yilda tug‘ilgan Astanov Tulkun Tashmuradovichga nisbatan to‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi.

O‘zAning yozishicha, mazkur materiallar huquqiy baho berish maqsadida DXXning Tergov Boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada R.Karimov va T.Astanovga tegishli mobil telefonlar xotiralarida mamlakatimizda faoliyati ta’qiqlangan ekstremistik tashkilotlarga tegishli va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hamda aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar mavjudligi aniqlandi.

R.Karimov va T.Astanovning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasiga asosan mazkur shaxslar ushlanib, DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!